Yaxshilik

Shahrizoda Ramazonova
Buxoro viloyati Romitan tumani 6-maktab 3-sinf o‘quvchisi
Muallif
Havo birdan sovib ketdi. Yomg‘ir haftalab tinmay yog‘di. Bolalar ta’tilda edi.
Shuhratjon oyisi yaqinda sovg‘a qilgan ertak kitobini olib o‘qiy boshladi. Kitobini o‘qib, bexosdan tashqariga qaradi. Har tomonga oziq izlab, chirqillab uchayotgan qushchalarga ko‘zi tushdi.
Xayoliga bir fikr keldi. O‘rnidan turib, darrov ishga kirishdi. Javondan yupqa taxta bo‘lagini olib, burchaklaridan teshib iplar bilan mustahkamladi. O‘zi istaganidek donxo‘rak tayyor bo‘ldi.
Shuhratjon donxo‘rakni olib chiqib, hovlidagi o‘rik shoxiga ildi. Dasturxondagi non ushoqlarini yig‘ib, donxo‘rakka septi-da, uyga kirdi.
Zum o‘tmay, qushchalar qutiga uchib keldi. To‘kilgan ushoqlarni bitta qo‘ymay yeb tugatishdi. So‘ng chug‘urlashib daraxt shoxiga qo‘nishdi. Go‘yoki, Shuhratjonga rahmat aytishayotganga o‘xshardi.