YASHANG, POLVON EKANSIZ
13-mart, 2026 11
Q. MUHAMMADIY
Muallif
(Bolalar o‘yini)
Esonmisiz, omonmisiz,
Kurashaylik polvonmisiz?
Tag‘in qattiq yiqitmang,
Koptok qilib irg‘itmang.
KICHIK OSHPAZ BO‘LAMAN
Xurmacha bog‘i,
Ichi to‘la yog‘i.
Yog‘i mij-mij etadi,
Yog‘ palovga ketadi.
Men palovni bilaman,
Yaxshi oshpaz bo‘laman.
CHUCHVARA TEZ PISHSIN
Chuchvara qaynaydura,
Qozonda o‘ynaydura.
O‘ynasa o‘ynasuna,
Qaynasa qaynasuna,
Darrovgina pishsuna,
Mehmonlarim yesuna.