Vatan
21-oktabr, 2026 31
Naima ANVAROVA
Muallif
– Vatan nedir Omina?
– Vatan – ulug‘ xazina.
Onajonim allasi –
Ilk Vatan madhiyasi.
Uyimiz – kichik Vatan,
Bizga qadrdon maskan.
Yashaymiz ahil-inoq
Orzuyimiz bir quchoq.
Men bo‘laman shifokor,
Ular juda fidokor.
Osmondagi oy-quyosh,
Bizlarga mudom yo‘ldosh.
Hilpirar bayrog‘imiz,
Go‘yoki mayog‘imiz.
Bizga bermoqda imkon,
Ona-yurt – O‘zbekiston.