TULKI BILAN XO‘ROZ
Muallif
TULKI BILAN XO‘ROZ
Tulki Xo‘rozning daraxt shoxida qo‘nib turgani-ni ko‘rib, uni yerga tushirib yemoqchi bo‘ldi va Xo‘rozga qarab shunday dedi:
— Xo‘rozvoy, yangi xabarni eshitdingmi?
— Yo‘q, — dedi xo‘roz, - nima xabar ekan?. Tulki:
— Hamma hayvonlar bir-biri bilan urishmaslik-ka kelishishibdi.
Xo‘roz tulkining hiylasini sezib, bo‘ynini cho‘zib, uzoqqa qaray boshladi.
Uning alanglashidan tulki xavfsirab:
— Ha, qayoqqa qarayapsan? - deb so‘radi.
— Huv, uzoqda ikkita kuchuk kelayapti, — dedi Xo‘roz.
Buni eshitgan tulki vaqtni g‘animat bilib qocha boshladi. Xo‘roz:
— Ha, nega qochasan, hamma hayvonlar orasida kelishuv tuzilipti, degan eding-ku?-deb so‘radi.
Tulki bo‘lsa:
— Ha, tuzilishga tuziglan-ku, lekin kuchuklar kelishuvni eshitmay qolgan bulishi mumkin, - dedi va ura qochib qoldi.