TOPISHMOQLAR
18-mart, 2026 6
Muallif
Radio desang, radio emas,
Kino desang, kino emas.
Eshitasan so‘zini,
Ham ko‘rasan o‘zini.
Dum-dumaloq barkash non,
Ko‘k yuzida suzadi.
Tinchlik oftobi,
Yerning o‘rtog‘i.
Gur-gur etar,
Uchar ketar.
Yurtdan-yurtga
Odam eltar.
Kunu, tunu, kechu tong
O‘z vaqtida chalar bong.
Bordir to‘rtta soati,
Toping nimadur oti.
Kechqurun tomga g‘o‘za yoysam,
Ertalabgacha bitta qolmabdi.