TEZ AYTISH
28-mart, 2026 6
1-tez aytish 🌀
Oq tepada oq kaptar, ko‘k tepada ko‘k kaptar. Oq tepadagi oq kaptar ko‘k tepadagi ko‘k kaptarga don berganmi, ko‘k tepadagi ko‘k kaptar oq tepadagi oq kaptarga don berganmi?
Adashmasdan tez-tez qaytaring! 🚀
2-tez aytish 🌀
Mosh toshsizmish,
Toshsiz moshmish.
Adashmasdan tez-tez qaytaring! 🚀
3-tez aytish 🌀
Suzma maza, cho‘zma bemazamas maza; suzmayam maza, cho‘zmayam maza.
Adashmasdan tez-tez qaytaring! 🚀
4-tez aytish 🌀
Sho‘r suv, suv sho‘r. Shar-sharakdan sho‘r suv sharillar.
Adashmasdan tez-tez qaytaring! 🚀
5-tez aytish 🌀
Tyan-Shan tog‘ining tagida tarillab turgan traktorning tovushi to‘rt tomonga tarqalib turibdi.
Adashmasdan tez-tez qaytaring! 🚀