Soat
13-mart, 2026 15
MUSA JALIL
Muallif
MUSA JALIL
Soat qilar: dong, dong!..
Xabar berar tongdan.
Bog‘chamizga borishga
O‘n besh minut qolgan.
Sakrab turadi Murod,
Ko‘radi ishlar xarob.
Yana kechikib qolgan -
Dong qotib uxlab.
Soat yuradi: chiq-chiq!..
Sen bog’chaga, yo‘lga chiq.
Murod unga yalinar:
- To‘xta, bir oz kutsang-chi!..
Soat der: ding-dinglayman,
Men to‘xtab turolmayman.
Bundan keyin „jing-zin"!
Menga qarab yurgin!
Tatarchadan M. BOBOYEV
tarjimasi.