Shirintoy
25-may, 2026 11
Saidakbarxon ABRORXONOV
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani 5-maktab 3-sinf o‘quvchisi
Muallif
Kamronning mushugi bolaladi. Ulardan biri kichik, nimjon va ko‘rimsiz edi.
Kamron uni yoqtirmadi va ko‘chaga tashlab ketdi. Ko‘cha sovuq edi. U juda qiynaldi. Jajji Lolaxon mushukchaning ovozini eshitib qoldi. Onasining ruxsati bilan uni yerdan olib savatchaga soldi. Mushukchani cho‘miltirdi, qornini to‘ydirdi. Lola unga Shirintoy deb nom berdi.
Bir qancha vaqt o‘tgach, mushukcha sog‘lom bo‘lib ulg‘aydi.
Hozir uning o‘ziga o‘xshagan shirintoy bolalari bor.