Sarishta qiz
18-may, 2026 10
Dilbar Abdulhakimova
Muallif
Mana, qaynoq yoz kunlari avjida. Issiqda qovjiragan uzum toklarining barglari hovli yuziga bitta-bitta to‘kila boshladi. Umida negadir bunday paytda hovlini supurib-sidirib olishni yoqtirmas edi.
— Umida, hovlilarni supurib ol, — dedi onasi.
— Hozir sochimni tarab olay. Chiroyli ko‘ylagimni kiyay, — dedi onasiga.
— Nega? — dedi onasi.
— Bu ahvolda qanday chiqaman?
— Bolajonim, hovli ham sening yuzing. Sen uni qanchalik ozoda tutsang, ko‘rganlar “Umida chiroyli qiz-da, hovlini ham chiroyli qilib supurib qo‘yibdi”, deyishadi. To‘zib yotsa, aksincha.
Onasining so‘zlaridan xulosa chiqargan Umida qo‘liga supurgini oldi-da, ko‘cha-yu hovlilarni supurib qo‘ydi.