Romitan afsonasi
25-may, 2026 9
Afzalbek JALOLOV
Buxoro viloyati Romitan tumani 6-maktab 5-sinf o‘quvchisi
Muallif
Uzoq yillar avval Samarqandda Afrosiyob (Alp Er-To‘nga) ismli hukmdor bo‘lgan ekan. Bir kuni uning qizi betob bo‘libdi. Samarqanddagi tabiblar qizning dardiga davo topisholmabdi. Keyin Buxoroga yaqin yerda so‘lim va bahavo bir go‘sha haqida eshitibdi. Afrosiyob qizini o‘sha joyga olib boribdi. Biroz vaqt o‘tgach, malika tuzalibdi. Shundan so‘ng hukmdor bu joyni “Oromi tan” deb atabdi. Vaqt o‘tishi bilan bu nom “Romitan”ga o‘zgaribdi.