Qorbola
7-may, 2026 10
Odina Abdumo‘minova
Muallif
Fasllarning eng zo‘ri,
Kirib keldi oppoq qish.
Chana uchish, muz toyish —
Biz uchun sevimli ish.
Men, Salim va E’tibor,
Yasadik bir qorbola.
Qalpog‘i, bo‘yinbog‘i,
Og‘iz-burni bor bola.
Ko‘rgan barcha havas
O‘tar edi boqishib.
Afsus, bilmas ekan,
Unga sovuq yoqishin.
Shamollab qolmasin, deb
Olib kirgandim uyga.
Shundan so‘ng topolmadim,
Bilmam tushgan qay ko‘yga?
Eh, attang, joy bergandim,
Unga uyning to‘ridan.
Menimcha qochib qolgan,
Hu-uv, anovi mo‘ridan!