Qomusimiz - baxtimiz
25-may, 2026 14
Shahzoda ALLAYOROVA
Samarqand viloyati Narpay tumani 55-maktab 5-sinf o‘quvchisi
Muallif
Xalqimga ishonch bergan,
G‘ururimiz, faxrimiz.
Qonunlarni jamlagan,
Qomusimiz — baxtimiz.
Ezgu maqsad yo‘lida,
So‘nmagaydir shaxdimiz.
To‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatar,
Qomusimiz — baxtimiz.
Ona yurt ishonchini,
Oqlamoqlik ahdimiz.
Bu yo‘lda hamroh bo‘lar,
Qomusimiz — baxtimiz.