Qizg‘aldoqlar
14-may, 2026 5
Qambar Ota
Muallif
Qizgʻaldoqlar bahorda
Togʻ bagʻriga yetibdi.
Tarnovlardan nahorda
Tomga chiqib ketibdi.
Tortib ohanrabosi,
Yosh yuraklar choparlar.
Goʻzallik muddaosi —
Choʻgʻdayidan toparlar.
Dillarni etib mushtoq,
Alvonlanib toʻlgʻonar.
Mehr tarab, topib ardoq,
Adirlarda choʻlgʻonar.
Davra olib oʻynashar,
Poylarida ol ranglar.
Shodon qoʻshiq kuylashar,
Taralar shoʻx ohanglar.
Oʻtday yonar togʻlarda
Qizgʻaldoqlar, lolalar.
Soʻlim bahor chogʻlarda
Gulday yashnar bolalar.