Qishlog‘imiz
13-mart, 2026 19
N. TURMUXAMEDOV
Muallif
Qishlogimiz yosh xali,
Do‘stlar, keling ko‘rgali!
Qator bir xil oq uylar,
Radio qo‘shiq kuylar.
Shahar kabi, bog‘i bor,
Elektr chirog‘i bor.
Mana chiroyli bino,
Bunda qo‘yilar kino...
Keng ko‘chaning bir yoni
Kolxoz stadioni.
Bog‘cha uning yonida,
Kattakon maydonida
O‘ynashamiz o‘zimiz
Bo‘z yerning yulduzimiz...
Qishlogimiz yosh hali,
Do‘stlar, keling ko‘rgali!