Qat'iyat - g‘alaba kuchi
25-may, 2026 16
Asilbek Jalolov
Muallif
Taekvondo bilan shug‘ullanishni olti yoshdan boshladim. Ammo barcha bolalar kabi men ham futbolga qiziqqanman. Murabbiyim taekvondoni to‘xtatishimni xohlamadi. Uzoqni ko‘ra olgan ustozim meni chempion bo‘lishimga juda ishonardi. Ular sababli 2 karra Olimpiadada chempioni bo‘ldim. Gran-Pri turnirida oltin medalni qo‘lga kiritdim.
Yangi yil quvonchlar va mo‘jizalar bayrami. Bu bayramda hamma yaqinlari va qarindoshlari bilan diydorlashadi. Chiroyli dasturxon tuzaladi. Insonlarning yuzida tabassum, ko‘zida quvonch bo‘ladi. Istagim — bolajonlar, orzularingizning ijobatiga dildan ishoning! Buning uchun maqsadni katta oling. Qat’iyatli bo‘ling. Shunda orzu-maqsadingizga albatta erishasiz.