Qarang
13-mart, 2026 28
S.QO‘QONBEKOV
Muallif
Qarang, o‘rmonda qanday to‘polon,
Avjda qorbo‘ron, shovqin va suron.
Uyg‘onib bundan rosa xayqirar,
Tepsa-tebranmas yalqov ayiqlar.
— Nima bo‘ldi? — deb sichqon, kirpilar
Kiprikchalari tinmay pirpirar.
Ammo tugamas xamon to‘polon,
Larzaga kelar jim yotgan o‘rmon.