Qalampir ila cho‘l yalpizi
18-may, 2026 4

Abdulla Avloniy
Muallif
Sahroda o‘sgan cho‘l yalpizidan so‘rdilarki: “San avvalda yaramas bir o‘t erding, bu xushbo‘y isni qaydan olding?” deb. Yalpiz javob berdiki: “Rost, man avvalda yamon bir o‘t yerdim. Lekin bir necha vaqt qalampir yoninda o‘sub, birga yashadim. Aromizda do‘stlik paydo bo‘ldi. Shul sababli avvalgi yamon islarim ketub, islari do‘stimning yaxshi manga yuqub qoldi”, — dedi.
Yaxshilarning suhbati — jon rohati,
So‘zlari dard-u alamning ofati.