Ozoda bola
18-may, 2026 9
Zahro Hasanova
Muallif
Qo‘llarimni yuvaman,
Men ozoda yuraman.
Sovun shunday mo‘jiza,
Ko‘pirtiraman — maza!
Pufaklar shishib chiqar,
Osmonga qarab uchar.
Kamalakdek tovlanib,
Menga quvonch baxsh etar.
Ishqalayman barmog‘im,
Unutmayman tirnog‘im.
Old-orqasin yuvaman,
Mikroblarni quvaman.
Mana, qo‘llarim toza,
Mendan oling andoza.