O‘ZINI-O‘ZI JAZOLADI
13-mart, 2026 3
L. ShЕK
Muallif
Rustam uyga berilgan vazifani o‘z vaqtida tayyorlay olmadi. Maktabga boradigan vaqtdagina eslab qoldi. Shuning uchun oyisiga:
- Qornim og‘riyapti, maktabga bora olmayman,- deb bahona qildi.
Kechqurun Rustamning otasi katta qovun olib keldi. Oyisi qovunni karj-karj qilib kesib qo‘ydi.
Rustamning kasalligini otasi ham eshitgan edi, qorning og‘riydi, deb qovundan bermadi. Rustamning akasi Narimon va Nasibalar qovunni mazza qlib yeyishdi. Shu payt yolg‘on gapirgani o‘ziga juda alam qildi. U ikki ko‘zini qovunga mo‘ltiratib, tufugini qult-qult yutib, qizarganicha, angrayib o‘tiraverdi.