Notiq qiz
18-iyun, 2026 10
G‘unchaoy
Muallif
Ta’lim vazirligi bosh sovrini sohibasi
Janubiy Koreyaning Seul shahrida 12-Milliy ikki tilli notiqlik tanlovi o‘tkazildi. O‘zbekistonlik 10 yoshli Zinnura Karimova tanlovning bosh mukofotiga sazovor bo‘ldi. Musobaqada 52 nafar ishtirokchi qatnashdi. Zinnura Karimova “Volgok” boshlang‘ich maktabining 4-sinf o‘quvchisi. U musobaqada o‘zi yozgan “Yosudagi maroqli sayohat” mavzusidagi hikoyasini o‘zbek va koreys tillarida so‘zlab berdi.