NAYNAVO
ISLOMBEK Karimov
Andijon viloyati Shahrixon tumani 51-maktab o‘quvchisi
Muallif
Qishlog‘imizning nomi o‘zgacha. Ma’lumotlarga qaraganda, hozirgi qishlog‘imiz o‘rnida juda katta adirlik bo‘lgan. Unda turli giyohlar, o‘t-o‘lanlar o‘sgan ekan. Bu yerlik bir boyning qo‘ylari ko‘p bo‘lib, shu adirlikda o‘tlar ekan.
Suruvlarni boqishga yosh yigitchani yollagan ekan. Cho‘pon podadan ajragan qo‘ylarini qaytarish uchun qamishdan nay yasabdi.
Shunday qilib, cho‘pon shu nay navosi yordamida qo‘ylarni boqib yuraveribdi. Bu holat uzoq yillar davom etibdi. Keyinchalik cho‘pon yigit boyning qiziga uylanibdi. Ammo cho‘pon yigit chalgan nay sadosi qishlog‘imizda hanuz eshitilib turarkan. Shuning uchun qishlog‘imiz “Naynavo” deb atalib kelinar ekan.
Biz Naynavo qishlog‘imizdan faxrlanamiz.