Maktabim 100 yoshda
Xurshid Maqsudov
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 2-maktab 5-sinf o‘quvchisi
Muallif
Men maktabimni juda ham yaxshi ko‘raman. Bu yerda aka-opalarimning, hamma oila a’zolarimizning shirin xotiralari bor! Maktabim juda go‘zal, shinam xonalari ko‘rgazmalar bilan to‘la. Ustozlarim esa juda mehribon. Maktabimizning tashkil etilganiga 100 yil bo‘ldi. Bu bizning faxrimiz! Asr yoshga yetgan maktablar sanoqli.
1924-yildan 1927-yilgacha maktabga Qozoqov rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda direktor — Dilobar Yarasheva.
Bu maktabda bobomning otalari, buvim, ularning otalari, amakilari o‘qituvchi bo‘lib ishlashgan. Yaqinda maktabimizda ko‘p yillar mehnat qilgan ustozlarga bag‘ishlangan “Ustozlar yodi barhayot” xotira maydoni qurildi. Ko‘plab mehmonlar kelishdi. Ular orasida katta bobomning borligidan faxrlandim. Men maktabimni yaxshi ko‘raman!!!