Madhiya
25-may, 2026 14
Asilbek Jalolov
Muallif
Davlat madhiyasi hukumat tomonidan tasdiqlangan, milliy g‘ururni ifodalovchi millat qo‘shig‘i. Madhiya ilk bora Gretsiyada vujudga kelgan. Hozirda bu davlatning madhiyasi 158 banddan iborat. Uni hech kim yoddan bilmaydi. Tunisda bir vaqtning o‘zida 15 ta madhiya bor. Janubiy Afrikaning milliy madhiyasi ham o‘ziga xos bo‘lib, unda davlatning 10 ta rasmiy tilidan beshtasi qo‘llanadi. Buyuk Britaniya madhiyasida qirol-qirolichaga Xudodan uzoq umr, sog‘lik, quvonch va g‘alaba so‘raladi. Fransiya madhiyasi 1917-yildan boshlab bir muddat Rossiyada milliy madhiya sifatida kuylangan. Ispaniya madhiyasida so‘zlar yo‘q, u faqat musiqadan iborat.