LAYLAK
13-mart, 2026 14
M. ABDULLAYEV
Muallif
Takir-takir, takir-tak!
Qo'shiq aytadi laylak.
Qarang, uzun bo'yni bor,
Qayrag'ochda uyi bor.
To'planishib har kuni
Tilga olamiz uni
- Laylak keldi keldi yoz,
Qanoti xuddi qog'oz.
Qushlardan katta, novcha,
Tumshug'i-chi, — tarnovcha.
Shunda, "to'g'ri", deganek
Sayrab qo'yar: tak-tak-tak!