Ko‘r va savdogar
13-mart, 2026 11
M. XASANOV
Muallif
Ko‘r va savdogar
Bir ko‘r kishi qovun sotuvchiga:
Ko‘zim nogiron, shirinroq qovun tanlab bersangiz, - debdi. Sotuvchi:
— Marhamat, marhamat,— deb, bir oftob urgan qovunni ko‘r kishining
qo‘liga tutqazibdi. Ko‘r kishi qovunning
u yoq-bu yog‘ini ushlab ko‘rib:
— Men uzimni ko‘r desam, siz xam mendan battar so‘qir ekansiz, shekilli,— debdi.
Savolga voqea ustida bo‘lgan kishilardan biri javob beribdi:
— Bu kishining ko‘zlari soppa-sog‘ faqat vijdonlari ko‘r bo‘lib qolgan.