Kobalt sohibi
Ma'rifat Tolipova
Muallif
Bolajonlar, ko‘p kitob o‘qib mashina egasi bo‘lishni o‘ylab ko‘rganmisiz?
Nargiza Muhammadiyeva Jonboy tumanidagi 12-maktabning 6-sinf o‘quvchisi. Nargiza kitob mutolaasi ortidan Kobalt egasiga aylandi. Uni Jonboyda kitob o‘qib, dadasiga mashina sovg‘a qilgan qiz, deya yaxshi tanishadi. Bu yili "Yosh kitobxon" tanlovida 5 ta shart bo‘yicha 417,4 ball to‘plab g‘olib bo‘ldi. Unga Prezident sovg‘asi — Cobalt avtomobili berildi. U maktab faxriga aylandi.
Bolajonlar, Nargiza siz kabi oddiy o‘quvchi. Maktabdan so‘ng, onasiga uy ishlarida ko‘maklashadi. Otasining dastyoridir. Bo‘sh vaqtini telefon va kompyuter o‘yinlari bilan o‘tkazmaydi. U ingliz va rus tilini, matematikani chuqur o‘rganmoqda. Shu vaqtga qadar 250 dan ortiq kitob mutolaa qilgan. Nargiza fantastika janridagi kitoblarni sevib o‘qiydi. Uning sevimli asari — Jyul Vernning "Suv ostida 80 000 kilometr" kitobi.
Bolajonlar! Vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlang. Kitoblar ro‘yxatini tuzing. Har kuni mutolaaga vaqt ajrating. Ehtimol, navbatdagi mashina sizniki bo‘lar.