Kashfiyotchi va dinozavr
Odilbek Ostonov
Buxoro viloyati Jondor tumani 6-maktab 2-sinf o‘quvchisi
Muallif
Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qadim zamonda bir kashfiyotchi bo‘lgan ekan. U uzoq yillik izlanishidan so‘ng vaqt mashinasini yaratibdi. Ixtirosini sinab ko‘rayotgan payt kerakli tugmani o‘rniga boshqasini bosib yuboribdi. Shu on Yura davriga tushib qolibdi.
Olim hali nima bo‘layotganini anglashga ulgurmay, uni tiranozavrlar galasi quva boshlabdi. Qo‘rquvga tushgan olim dinozavrlardan qocha-qocha ulkan g‘or qarshisiga kelib qolibdi. Tezda u yerga yashirinibdi.
Shu payt ichkaridan qo‘rqinchli ovoz eshitila boshlabdi. Ortiga o‘girilib qarasa, bahaybat braxiozavr turgan ekan. Lekin u hech ham qo‘rqmabdi. Chunki u dinozavrlar tilini bilar ekan-da. Olim undan vaqt mashinasiga olib borishni iltimos qilibdi. Dinozavr rozi bo‘libdi.
Ikkisi qurilmani izlashga tushishibdi. Ko‘p izlashibdi. Nihoyat topishibdi. Mashina ulkan daraxt shoxiga ilinib qolgan ekan. Kashfiyotchi vaqt mashinasiga do‘sti braxiozavr yordamida arang chiqib olibdi.
Shundan so‘ng olim dinozavr do‘sti bilan xayrlashib, o‘z davriga qaytibdi.