JAVOB
Sergey MIXALKOV, rus bolalar shoiri
Muallif
Sergey MIXALKOV, rus bolalar shoiri
Kunlarning birida jajji jo‘ja katta Xo‘rozni to‘xtatib, so‘radi:
– Nega Laylakning tumshug‘i bilan oyog‘i uzun, meniki juda kichkina?
– O‘z holimga qo‘y, – deb javob qaytardi Xo‘roz.
– Nima uchun Quyon shalpangquloq, mening hatto qulog‘im ham yo‘q?
– Bas qilsang-chi.
– Nimaga Mushukcha paxmoq, momiqqina, menda esa qandaydir sariq patlar?
– Jonga tegding-ku, – dedi Xo‘roz.
– Kuchukcha dumini likillata oladi, kichik echkining shoxchalari bor, menda shular ham yo‘q.
– Bo‘ldi-da, endi! Jim bo‘l! – g‘azablandi Xo‘roz.
– Nega hamma kattalar kichiklarning savoliga javob beradi-yu, siz bo‘lsangiz "Bas qil... gapirma..." deysiz?
– Chunki sen mendan so‘ramayapsan, ularga hasad qilyapsan.
Bu – Xo‘rozning eng to‘g‘ri javobi edi.Bolalar! Masaldan qanday xulosa chiqardingiz? Matndagi “hasad” so‘zining ma’nosini kattalardan bilib oling.
Rus tilidan
Shahnoza KARIMOVA tarjimasi