Jaranglaydi qo‘ng‘iroq
15-may, 2026 8
Dilfuza Kamoljonova
Muallif
Chalinadi qo‘ng‘iroq,
Sochib har yon jaranglar.
Kirib keldi bir zumda
Yozgi ta’til, qaranglar.
Dam olamiz miriqib,
Yildan yilga o‘samiz.
Quyoshdan bahra olib,
Kuchga to‘lar jussamiz.
Otlanamiz goh tog‘ga,
Hovuzda cho‘milamiz.
Kechgacha o‘ynab, quvnab,
Quvonchlarga to‘lamiz.
Bog‘da pishar mevalar,
Sabzavotlar polizda.
Xush qol, jonajon maktab,
Yana qaytamiz kuzda!