JAJJI ASKAR VA OTA
3-iyun, 2026 12
O‘tkir DAMINOV
Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, 33-maktab o‘qituvchisi
Muallif
Jajji askar va ota
Dilida orzu, maqsad,
Yurtiga sodiq farzand.
Bo‘lmoqchi yurt posboni,
Jajji o‘zbek o‘g‘loni.
Unga baxsh etardi kuch,
Vatan oldidagi burch!
Ota deydi: – Bo‘l omon,
Tinchlikni saqla hamon!
Oy borib, omon qaytgin.
Mardlar qo‘shig‘in aytgin.
Kurashlarda tikib jon,
Dushmanga berma imkon.
Vatanning tinchi uchun!
Farovon erki uchun!
Bo‘l bahodir, qahramon!
Ulug‘lar seni zamon.
– O‘qib, ulg‘ayib durkun,
Xursand qilaman bir kun!
Daryo – dadajonimni,
Oftob – ayajonimni.
Yurtga sodiq bo‘laman,
Albat, askar bo‘laman!