IKKI DONA OLMA
Azamat XUDOYBERGAN
Muallif
Qizaloq bog‘dan qo‘lida ikki dona olma ushlagancha kirib keldi. Uyda onasi yumushlar bilan band edi. Qizaloqning qo‘lidagi qip-qizil, yirik olmalarni ko‘rib so‘radi:– Asal qizim, olmangdan bittasini oyijoningga berasanmi, a? Qizcha bir pas o‘ylanib turdi-da, shartta ikkala olmani bittadan tishladi. Ona dilbandining bu ishidan juda xafa bo‘ldi. Hatto kutmagandi ham. Axir doim taom pishirsa eng tansiq joyini shu qiziga berardiku!? Nahot evaziga ko‘rgani shu bo‘lsa, degan o‘y ko‘nglidan o‘tdi. Ammo indamadi.Shu payt qizaloq shirin bir jilmaydi-da, qo‘lidagi tishlangan olmalarning birini onasiga uzatdi. – Oyijon, mana bu olma shirinroq ekan, shuni yeng. Ona qalbidagi boyagi xayollar bir pasda tumanday tarqadi. Endi uning ko‘nglida, yaxshiyam qizalog‘imni urishmagan ekanman, degan o‘y bor edi.