Farishtalar o‘xshar onamga
14-may, 2026 16
Muallif
Toshkent shahar Yunusobod tumani 88-maktabda katta tantana bo‘lib o‘tdi. Kamola Isroilova, Nodira G‘ayratova rahbarligidagi 2-sinf o‘quvchilari tayyorlagan bayram tadbiri “Farishtalar o‘xshaydi mening onamga” deb nomlandi. Kechaga o‘qituvchilar, ota-onalar, G‘unchaoy va “Tong yulduzi” gazetasi taklif etildi. Bolajonlar kuy-qo‘shiq kuylashdi. She’r va g‘azallar yod olishdi. O‘quvchilarning go‘zal raqs va sahna ko‘rinishlari barchaga manzur bo‘ldi.