Dostim
Abdulloh G‘ULOMOV
Muallif
DO'STIM
Har bir inson bilimdon va oq ko‘ngil do‘sti bo‘lishini xohlaydi. Mening esa xuddi shunday do‘stim bor. Uning ismi — Muhammaddiyor. Do‘stim bilan 3-sinfdan birga o‘qiymiz. U barcha bolalar bilan inoq. Maktabimizning faol va iqtidorli o‘quvchilaridan. Uning maqsadlari katta. 2022-yildan buyon mental arifmetika to‘garagiga qatnashadi. Shu vaqt ichida ko‘plab musobaqalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. 2023-yil dekabrda Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada ishtirok etib, Dubayga borish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ishonamanki, do‘stim navbatdagi chempionatda ham g‘olib bo‘lib maktabimiz faxriga aylanadi. Men shunday do‘stim borligidan faxrlanaman.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani 19-maktab 5-sinf