Chinnidek toza bo‘lsin
18-iyun, 2026 9
Elyor Toshpo‘latov
Toshkent shahri
Muallif
Uyga kirganimda, xonada changni sezaman. Toza havodan nafas olishimiz uchun ko‘p daraxtlar ekishimiz kerak. Sababi, daraxtlar ma’lum miqdorda o‘zida changni ushlab qoladi.
Yoqilg‘i bilan yuradigan transport o‘rniga elektromobil va velosipedlarni ko‘paytirish kerak. Har kuni obodonlashtirish xodimlari ko‘chalarni tozalaydilar. Ularning mehnatini qadrlash zarur.
Belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganimizda, obodonlashtirish xodimlarini ko‘z oldimizga keltiraylik. Bolalar! Ko‘chani ham uyingizdek toza tutishga o‘rganing. Chunki atrof toza bo‘lsa, havo shuncha musaffo bo‘ladi.