Boylikni bolalikdan asraylik
7-may, 2026 7
Farzona Hikmatova
Muallif
Quyosh ko‘kdan nurini
Beminnat sochar yerga.
Boylikni bolalikdan
Keling, asraylik birga.
Toza havo, toza suv
Muhimdir hamma uchun.
Elektr chirog‘isiz
Hayot bo‘lar — qora tun.
Ortiqcha ishlatmaylik
Tabiiy gazni, do‘stlar!
Tejamkor bo‘lsak agar,
Bitadi kam-u ko‘stlar.