BOTIRJON TUFLI OLDI
13-mart, 2026 13
Yong‘in MIRZА
Muallif
Bir dam olish kunida
Botir bilan Mavluda
Oyisini qistashib,
Yaxshi tufli istashib,
Magazinga borishdi.
Kirib, hayron qolishdi.
Oyoq kiyimlar qator,
Qaysi razmer desang bor.
Bir-biridan chiroylik,
Hammasi har xil ranglik,
Puxta tikilgan, ixcham,
Tagi qalin, pishiq charm,
Botinka, tufli, sandal,
Etiklarni shu maxal
Sotuvchi uyib qo‘ydi,
Botirga kulib qo‘ydi.
Botirning o‘ynar ko‘zi,
Qaysi birini o‘zi
Tanlashini bilmadi,
Oyisidan so‘radi:
- Ayting, buncha ko‘p mollar?
- Kiyishsin deb bolalar
Ko‘p tikishgan chevarlar,
Usta, mehnatsevarlar.
Botirjon tufli oldi
Uni setkaga soldi.
Ona tutdi qo‘lidan
Yana boshqa bo‘limdan
Olishdi kiyim-kechak,
Ranglari xuddi chechak.
Ona, Botir, Mavluda
Xursand qaytishdi juda.