BO‘SH O‘TIRMA, BOSH QOTIR!
15-iyul, 2026 9
Muallif
Qorong‘uda chiqar u,
Tanasidir tikanak.
Agar kimdir teginsa,
Bo‘lib olar g‘ujanak.
Yarmi qora, yarmi oq,
Shakli biroz yumaloq.
Usiz hayot qorong‘u,
Ular bir juft shamchiroq.
Qorniga dam solamiz,
Semiradi ko‘p yutib.
Me’yorini bilmasak,
Yoriladi qo‘rqitib.
Ilm-u odob mujassam,
Tafakkurga nur sochar.
Kimki, uni ko‘p bilsa,
Har qatasi yo‘l ochar.
Nizomiddin ESHMURODOV,
Samarqand viloyati
Nurobod tumani