Bobur Mirzoning onasi
Dilfuza KAMOLJONOVA
Muallif
Uilyam ERSKIN: "Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʻullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi".
Bobur Mirzoning onasi
Qutlugʻnigor Xonim — Zahiriddin Muhammad Boburning onasi, Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hukmdori Yunusxonning qizi boʻlgan. Boburning ona tomondan buvisi Eson Davlat begimning ikkinchi qizi edi.Bobur oʻz asarida onasini aqlli, dono va mehribon ayol sifatida yodga oladi. Qutlugʻnigor Xonim farzandining ilm olishiga katta e’tibor qaratgan tarixiy shaxsdir. Bobur va uning opasi Xonzoda begimni ilmli qilib tarbiyalagan.Otasidan erta yetim qolgan shoirning butun umri janglarda, yoʻllarda oʻtgan. Shunga qaramay, doim kitob oʻqishga vaqt topgan. Adabiyot, she’riyat, musiqaga qiziqqan. Mirzo Bobur oʻqigan kitoblari yuzasidan onasi bilan suhbatlar qurgan. Bosib oʻtgan yoʻllari, kishilarning turmush tarzi, tabiati haqida "Boburnoma" asarini yaratgan. Bobur sherdek kuchli, baquvvat, ammo koʻngli nozik shaxs edi. Oʻsmirligida Bobur Mirzoning yurishlarida onasi va buvisining oʻrni beqiyos boʻlgan. Boburning onasi Qutlugʻnigor Xonim Andijonda madrasalar, maqbaralar qurdirishni orzu qilgan. Ammo Mirzo Bobur uchun bu paytda yurtning tinchligi muhim masala edi. Qutlugʻnigor Xonim Mirzo Boburning yutuqlarini koʻrmay, erta olamdan oʻtadi. Onasining bergan ta’limi, tarbiyasi bilan Bobur Hindistonda buyuk Boburiylar imperiyasiga asos soladi.