Bobomning bog‘i
14-may, 2026 8
Bekmurod Haydaraliyev
Muallif
Bobomlarning bog‘ida To‘qson turli meva bor.
Oq libosga burkanar
Har yili erta bahor.
Yonidan o‘tsangiz gar,
Taralar xushbo‘y ifor.
Boqib hecham to‘ymaysiz, Go‘zallikda betakror.
Kuzda-chi, bu mevalar
Pishar asal, bol bo‘lib.
Yesak, rohat tuyamiz,
Kuch-u quvvatga to‘lib.
Siz ham bir kelib keting,
Jon deb qilaman mehmon.
Bog‘imiz mevasidan
Yozay sizga dasturxon.