Beruniy sarguzashtlari
Dilfuza Kamoljonova
Muallif
Bolajonlar, milliy multfilmlar sizga yoqadimi? Unday bo‘lsa, Beruniyning sarguzashtlarini albatta tomosha qiling! Uning ssenariy muallifi, bolalar yozuvchisi — Muazzam Ibrohimova, multfilm rejissyori — Abdulatif Haydarov. Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan milliy multfilmlar suratga olindi.
“Beruniy sarguzashtlari” animatsion multfilmi Beruniyning bolaligi haqida hikoya qiladi. Multfilm bolajonlarga buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy kashfiyotlarini tanishtirishni maqsad qilib olgan. Odob-axloq qoidalarini o‘rgatish, tabiatni asrash, ezgu amallar egasi bo‘lish katta xislat ekanligi uqtiriladi. Multfilm 3D va 2D grafikasi asosida tayyorlangan bo‘lib, har bir qism uchun alohida mavzular tanlab olingan.
Multfilmning birinchi faslida Abu Rayhon Beruniyning bolaligi bilan tanishasiz. Ikkinchi fasli esa uning yoshlik davri, kashfiyotlarini o‘z ichiga olgan. Bolajonlar, mazkur multfilmni YouTube tarmog‘idan tomosha qilishingiz mumkin.