Baxshi bola
Muallif
Baxshi — qo‘shiq va dostonlarni yoddan kuylab, avloddan avlodga yetkazuvchilardir. Ular do‘mbirasi jo‘rligida o‘ziga xos ovozi bilan kishining qalbini beixtiyor to‘lqinlantiradi.
Tengdoshlaringizdan biri — Muhammadali Soatov ham baxshichilikka qiziqadi. U 10 yoshda. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining 3-sinf o‘quvchisi. Uni bilmaganlar “yaxshi bola”, bilganlar esa “baxshi bola” deb atashlari bejiz emas.
Qo‘liga do‘mbirani olib aytimini boshlasa bormi, eshitganlar uning iste’dodiga tasanno aytadi. Muhammadali o‘z yo‘nalishida “Cho‘poncha”, “Qirg‘iz”, “Og‘ajonim” nag‘malarini qoyilmaqom ijro etadi.
Shu yil u Boʻzatov Festda baxshichilik yo‘nalishi bo‘yicha 3-o‘rinni egalladi.
Do‘mbirangni sayratib, ko‘ngillarni yayratib yuraver, baxshi bola!