Aqlli arilar
Muallif
1. Dunyoda 20 mingga yaqin ari turi mavjud.
2. Ishchi asalarilar taxminan 40 kun yashaydi.
3. Shu muddat ichida ular 1000 ga yaqin gulga qo‘nib, 7 grammcha asal yig‘adi. Bu esa bir choyqoshiq asalga teng.
4. Tabiiy asal juda uzoq saqlanadi va to‘g‘ri sharoitda deyarli aynimaydi.
5. Asalari insonni chaqqandan so‘ng halok bo‘ladigan ari turlaridan biridir.
6. Asalarilar qizil rangni ajrata olmaydi. Qizil rang ularga qoramtir ko‘rinadi.
7. Asalarilar oilasida bitta qirolicha bo‘ladi va boshqa asalarilar unga bo‘ysunadi.
8. Asalarilar juda aqlli hasharotlar hisoblanadi. Ular murakkab harakatlar va o‘zaro aloqa qilish qobiliyatiga ega.
9. Asalarilar gulzorlarning joylashgan o‘rnini bir-biriga “raqs” orqali tushuntiradi. Bu harakat ilm-fanda “asalari raqsi” deb ataladi.