10 yoshda IELTS'dan 7 ball
22-may, 2026 22
Asilbek Jalolov
Muallif
Hozirda til o‘rganish, sertifikat olish yangilik emas. Bu borada bolalar ham peshqadamlik qilishyapti. Yaqinda andijonlik Muhammadsaid Tursunov IELTS xalqaro imtihonidan 7 ballni qo‘lga kiritdi. Ajablanarlisi, Muhammadsaid 4-sinfda o‘qiydi. Qiziq, bolakay bunday natijaga qanday erishgan?!
Muhammadsaidning ingliz tiliga qiziqishiga sababchi uning ota-onasi. U bolaligidan multfilmlar tomosha qilgan, kitob mutolaasi bilan band bo‘lgan. Hozirda “I Teacher Academy” o‘quv markazining ilg‘or o‘quvchilaridan biri. Endilikda barcha bilganlarini ukasiga ham o‘rgatyapti. Muhammadsaidning muvaffaqiyati siri — maqsad va vaqtni to‘g‘ri taqsimlay bilganida.
Aziz bolajon, siz-chi? Siz vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlaganmisiz?